Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Amerikaliklar nimadan qo‘rqadi?

Amerikaliklar nimadan qo‘rqadi?

Sun’iy intellekt ilk bor AQSh fuqarolarining asosiy qo‘rquvlari o‘ntaligidan joy oldi. Chepmen universiteti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, xavotirlar ro‘yxatida SI bir yo‘la ikki pog‘ona yuqorilab, terrorizmni ortda qoldirdi.

So‘rovda qatnashganlarning qariyb 51,9 foizi sun’iy intellekt mamlakat siyosiy tizimiga zarar yetkazishidan cho‘chishini bildirgan bo‘lsa, 49,7 foizi uning iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda.

Amerikaliklar eng ko‘p qo‘rqadigan omil esa korrupsiyaga botgan amaldorlar bo‘lib chiqdi (61,1 foiz). Hatto mamlakatning yangi urushga kirishi ehtimoli ham odamlarni bunchalik tashvishga solmayapti — 51,9 foiz respondent shundan xavotirda.

Kiritildi: 18:05 29.10.2026. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!