«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2028 yilda klubni tark etishi mumkin.
Jurnalist Tom Bogertga tayanib tarqalgan xabarlarga ko‘ra, jamoa ichida argentinalik futbolchi amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi mumkin, degan qarash mavjud.
Messining futbolga bo‘lgan ishtiyoqi susaygani haqida ham taxminlar bildirilmoqda. 39 yoshli futbolchi avgust oyida otasi Xorxe Messining vafotidan qattiq qayg‘urgan va faoliyatini qancha davom ettirishiga shubha bildirgan edi.
Joriy mavsumda Messi «Inter Mayami» safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol va 15 ta assist qayd etdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan.