Ispaniyada poyezd mashinistlari kasaba uyushmasi — Semaf Toledo viloyatining Urda shahridagi fojiali avariyadan bir kun o‘tib ish tashlashni boshladi. Ular poyezdlar operatori Renfe kompaniyasidan xavfsizlikni yaxshilash va zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishni talab qilmoqda.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, ish tashlashda kamida 6 ming kishi ishtirok etadi.
Renfe kompaniyasi mashinistlari, shuningdek, poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida jabrlangan mutaxassislarga yordam ko‘rsatish protokoli qisqartirilmasligi va o‘zgartirilmasligini talab qilmoqda.
O‘z navbatida, Renfe kompaniyasi Semaf tomonidan ilgari surilgan talablar uning vakolatlari doirasidan tashqariga chiqishini ta’kidlagan. Shu sababli kompaniya ish tashlashni vaziyatni hal qilish yo‘li deb hisoblamasligini bildirgan.