Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ronaldu B.O.A.T sovrinini olganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Ronaldu B.O.A.T sovrinini olganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barcha davrlarning eng yaxshi Oltin to‘pi» uchun o‘tkazilgan muxlislar ovoz berishi natijalariga munosabat bildirdi.

Mazkur so‘rovnomada portugaliyalik futbolchining 2008 yilda qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p»i birinchi o‘rinni egalladi.

«Futbol muxlislarniki! Butun dunyodagi barcha muxlislarga rahmat! Barcha davrlarning eng yaxshi «Oltin to‘p»i sizlarga ham tegishli», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

Ovoz berishda «Oltin to‘p»ni kamida ikki marta qo‘lga kiritgan futbolchilarning sovrinlari ishtirok etdi. Muxlislar ovoz berish uchun 1 yevro to‘lov qilishlari talab etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan. Bu borada rekord Lionel Messiga tegishli — argentinalik futbolchi sovrinni sakkiz marta qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 19:05 29.10.2026. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!