Rossiya Ukrainadagi Dnepr shahri temiryo‘l vokzaliga reaktiv uchuvchisiz uchish apparati bilan zarba berdi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, kamida yana besh kishi jarohat oldi.
Bu haqda Dnepr harbiy ma’muriyati ma’lum qildi.
«Ukrzalіznisya» ma’lumotlariga ko‘ra, zarba vokzalning perronlaridan biriga kelib tushgan. O‘sha paytda perronda Dnepr — Zaporojye yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 866-sonli elektr poyezd turgan.
Xavf darajasi yuqori ekani haqida ogohlantirish e’lon qilinganiga qaramay, perronda odamlar bo‘lgan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ish olib bormoqda.