Yangi o‘quv yilidan 326 ta musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilarining oyligi umumta’lim maktablari bilan tenglashtiriladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning cholg‘u ijrosidagi natijalariga qarab o‘qituvchilarga 20 foizgacha ustama beriladi.
Maktablarda musiqa va san’at to‘garaklari kengaytiriladi, ijodiy tanlovlar g‘oliblariga grantlar ajratiladi va oliygohlarga imtiyozli qabul yo‘lga qo‘yiladi.