Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ulushdorlar quruvchini maxsus platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi

Ulushdorlar quruvchini maxsus platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda uy-joylar qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu prezident farmonida nazarda tutilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda «Shaffof qurilish» tizimi doirasida platforma yaratish topshirildi.

Hujjatda aytilishicha, platforma 2025 yil 1 iyulda to‘liq ishga tushishi rejalashtirilgan.

Ulushdorlarning mablag‘larini jalb qiladigan quruvchilar quyidagilarni platformaga joylashtirishi kerak:

  • qurilayotgan binoning aniq manzili;
  • qavatlar, kirish yo‘laklari, xonadonlari va noturar joylar soni;
  • maydon va unga tutash hudud;
  • moliyalashtiruvchi tijorat banki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • sotilgan turar va noturar joylar;
  • loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi;
  • qurilishni boshlash sanasi va foydalanishga topshirish muddati;
  • qurilish holati va boshqa ma’lumotlar.

Elektron platformaga ma’lumotlari joylashtirilmagan ob’ektlar bo‘yicha tuzilgan ulushli shartnomalarga notarial harakatlar amalga oshirilmaydi hamda bunday shartnomalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Ma’lumotni platformaga joylashtirmagan quruvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Kiritildi: 09:53 06.02.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!