Ikki viloyatning sobiq hokimlari — Ye.A. Saliyev va A.A. Maxmudaliyev senatorlik maqomidan mahrum etildi.
Bu haqda 2025 yil 30 aprelda qabul qilingan Oliy Majlis Senatining SQ-120-V-sonli qarorida belgilangan. Unga muvofiq, ular tegishlicha Senatning Sud-huquq masalalari hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitalari tarkibidan chiqarildi.