AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasi hozirda kun tartibida emasligini bildirdi.
Rubio Islandiyada jurnalistlarga bergan intervyusida Ukraina NATO a’zosi bo‘lishi kerak, deb hisoblaysizmi, degan savolga javob berar ekan, “Hozirgi vaqtda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi kun tartibida emas”, dedi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham 2 iyul kuni Ukraina hozircha Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish istiqboliga ega emasligini aytgan edi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning betaraf maqomi Rossiya uchun maqsad bo‘lib qolayotganini bildirgan va bu maqom Ukraina Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklarasiyada qayd etilganini ta’kidlagan.