Zelenskiyning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya Rossiya tomonida jang qilish uchun o‘n minglab harbiy xizmatchilarini yuborgan. Uning fikricha, bu harbiylar Ukrainada zamonaviy urush tajribasiga ega bo‘lmoqda.
«Bu katta muammo. Shimoliy Koreya uchun odamlarini yuborish qimmatga tushmadi va ular zamonaviy urushni o‘rgana boshladi», — dedi Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Pxenyanga katta yo‘qotishlarsiz jangovar tajriba orttirish imkonini bermoqda va bu kelajakda mintaqa xavfsizligi uchun qo‘shimcha xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin. Rossiya va Shimoliy Koreya harbiy aloqalarini kuchaytirib borayotgani haqida so‘nggi kunlarda ham yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. (reuters.com)