Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukrainada Starlink faoliyatini cheklashni Ilon Mask buyurgan

Ukrainada Starlink faoliyatini cheklashni Ilon Mask buyurgan

SpaceX rahbari Ilon Mask o‘tgan haftada Ukrainada Starlink tizimining harbiy versiyasi — Starshield ishini cheklashni shaxsan buyurgan.

Bu haqda amerikalik mulozimlar va The Wall Street Journal nashrining vaziyatdan xabardor manbalari ma’lum qildi.

Ba’zi amerikalik mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, Mask ushbu qarorni mustaqil ravishda qabul qilgan va AQSh Prezidenti Donald Tramp bu bo‘yicha hech qanday topshiriq bermagan.

Biroq nashr manbalaridan birining ta’kidlashicha, tadbirkor tizim tezligini cheklashdan oldin AQSh ma’muriyatining ko‘plab yuqori martabali vakillari, jumladan, uning rahbari (prezident) bilan ham suhbatlashgan.

Mask bundan oldin cheklovlar uchun javobgarlikni rad etib, Starshield tezligi va undan foydalanish bo‘yicha qarorlarni AQSh rasmiylari qabul qilishini da’vo qilgan edi.

"Starshield tizimlari AQSh hukumatiga tegishli va u tomonidan nazorat qilinadi. Tezlikni cheklash yoki undan foydalanish shartlari to‘g‘risidagi qarorlar harbiy rahbariyat va yakuniy bosqichda AQSh prezidenti tomonidan qabul qilinadi", — deb yozgan edi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Keyinchalik Tramp Oq uyning Janubiy maydonchasida jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Starshield tizimining sekinlashtirilishiga aloqasi yo‘qligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Kiritildi: 09:40 21.10.2026. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!