Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Berlin Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Berlin Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Germaniya kansleri Fridrix Mers va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazilishi ehtimoli oshgan. Bu haqda Die Zeit nashri xabar berdi.

Germaniya hukumati rasmiy vakili Shtefan Korneliusning ma’lum qilishicha, Abu-Dabida Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbari telefon orqali suhbatlashishi mumkin.

"Muzokaralar davomida shakllangan umumiy tushunchalar Rossiya prezidentiga ham yetkaziladi. Shu asosda keyingi muloqotlar rivojlanishi mumkin", — dedi Kornelius.

Avvalroq Moskva Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari bilan bevosita muloqotga tayyorligini bildirgandi. Mers ham Putin bilan shaxsan uchrashish imkoniyatini, jumladan, G20 sammiti doirasidagi muzokaralarni istisno qilmagan.

Kiritildi: 23:58 11.11.2026. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik