Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, 10 dekabr kuni Odessada Afrika davlatlaridan birining bayrog‘i ostida suzib ketayotgan yuk tashuvchi kema qo‘lga olingan. Kema Rossiya manfaatiga xizmat qilganlikda gumonlanmoqda.
"Rossiyaning “soya floti” tarkibiga kiruvchi va anneksiya qilingan Qrimdan Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini noqonuniy olib o‘tayotgan chet el kemasi Odessa portida Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan. Qo‘lga olish vaqtida bortda kapitan va yana 16 ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari. Kema Odessa portiga po‘lat quvurlarni tashish uchun kelgan", deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) bayonotida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kemaning egasi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan sanksiyalar ostida bo‘lgan va cheklovlarni chetlab o‘tish uchun u muntazam ravishda kema nomini hamda rasmiy benefisiarlarni o‘zgartirgan.