Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina hududida Fransiya aviabombalari ishlab chiqarilishi mumkin

Ukraina hududida Fransiya aviabombalari ishlab chiqarilishi mumkin

Zelenskiy Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot o‘tkazganini ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, suhbat davomida Ukrainaga yangi mudofaa yordami yetkazib berish masalalari muhokama qilingan. Kiyev yaqin vaqt ichida yangi harbiy yordam paketini olishni kutmoqda.

Shuningdek, Ukraina harbiy uchuvchilari yaqin orada Fransiyada Rafale qiruvchi samolyotlarini boshqarish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

Tomonlar Rossiya–Ukraina mojarosidagi joriy vaziyatni ham muhokama qilgan. Bundan tashqari, Ukraina hududida Fransiya raketalari va aviabombalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Zelenskiyning bildirishicha, tomonlar FREYJA tizimini tayyorlash jarayonini ham muhokama qilgan va uni tezlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, mazkur masalalar bo‘yicha batafsil muhokama ikki davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida davom ettiriladi.

Kiritildi: Bugun 09:14. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!