Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina futbol assosiasiyasi Infantinoning Rossiya haqidagi so‘zlaridan so‘ng rasmiy bayonot berdi

Ukraina futbol assosiasiyasi Infantinoning Rossiya haqidagi so‘zlaridan so‘ng rasmiy bayonot berdi

Ukraina futbol assosiasiyasi (UFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoning Rossiyaning yaqin vaqt ichida xalqaro maydonga qaytishi mumkinligi haqidagi so‘zlaridan so‘ng bayonot berdi.

Ukrainada FIFA rahbarini Rossiyani chetlatish haqidagi qarorni bekor qilmaslikka chaqirishdi.

"Biz taqiq ishlamayapti, degan fikrga qo‘shilmaymiz. Rossiyaning istalgan terma jamoalarining ehtimoliy qaytishi musobaqa xavfsizligi va yaxlitligini xavf ostiga qo‘yadi," - deyiladi UFA matbuot xizmati xabarida.

U yerda qo‘shimcha qilinishicha, musobaqada ishtirok etishni taqiqlash Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun yetarlicha samarali chora hisoblanadi.

Rossiyaning qaytishi masalasi 30 aprel kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressi yig‘ilishida ko‘tarilishi mumkin.

Kiritildi: 23:46 02.02.2026. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!