Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina dronlari Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi

Ukraina dronlari Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi

Rossiyaning Samara viloyatida joylashgan Novokuybishevsk neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchragani xabar qilindi. Hodisa ortidan korxona hududida yong‘in kelib chiqqan.

Astra nashri ma’lumotiga ko‘ra, 30 oktyabrga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlari mazkur sanoat ob’ektiga zarba bergan.

Samara viloyati gubernatori Vyacheslav Fedorishev hududda dronlar hujumi kuzatilganini tasdiqladi. Biroq u neft zavodiga zarba berilgani haqida ma’lumot bermadi.

Shu bilan birga, Moskva ham keng ko‘lamli dron hujumiga uchradi. Poytaxt meri Sergey Sobyaninning bildirishicha, 29 oktyabr oqshomidan 30 oktyabr tongigacha Moskva mintaqasi tomon 862 ta uchuvchisiz uchish apparati harakatlangan.

Rossiya tomonining ma’lum qilishicha, dronlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali yo‘q qilingan.

Xavfsizlik choralari doirasida Moskvadagi Vnukovo, Domodedovo, Sheremetyevo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlar qatnoviga vaqtincha cheklovlar joriy etilgan.

Kiritildi: Bugun 11:12. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!