Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Siyosatshunos: «Putin bosib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olishlarini istaydi»

Siyosatshunos: «Putin bosib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olishlarini istaydi»

Abu-Dabida Ukraina bo‘yicha olib borilayotgan tinchlik muzokaralarida hududiy masala asosiy kelishmovchiliklardan biri bo‘lib qolmoqda. Siyosatshunos Aleksandr Morozovning fikricha, tomonlar hozircha bu borada umumiy to‘xtamga kelmagan.

Morozov «Dojd» telekanali efirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosib olingan Ukraina hududlarining Rossiyaga tegishli ekanini Yevropa davlatlari va xalqaro hamjamiyat rasman tan olishini istayotganini ta’kidladi.

«Putin bosib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olishlarini xohlaydi. Hozirgi sharoitda bunday kelishuvga erishishni tasavvur qilish qiyin», — dedi siyosatshunos.

Uning baholashicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududlar masalasini muhokama qilish imkoniyatini butunlay rad etmayapti. Bu orqali Kiyev muzokaralarni qayta boshlashga to‘sqinlik qilmaslikka harakat qilmoqda.

Morozov hududlarning kelajakdagi maqomi bo‘yicha kelishuvga erishish tinchlik jarayonidagi eng murakkab vazifalardan biri bo‘lishini qayd etdi.

Kiritildi: 19:12 29.10.2026. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!