Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uch tomonlama uchrashuv sanasi shu haftaning o‘zida ma’lum qilinishi mumkinligini istisno etmadi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bu haqda Kreml vakili ma’lum qildi.
«Biz amerikaliklar bilan Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarni Abu-Dabida o‘tkazishning ehtimoliy sanalarini muhokama qilish jarayonini boshladik», — dedi Ushakov.
«Sanalarni muhokama qilyapmiz. Bu noyabr oyidagi sanalar bo‘ladi, aniq muddatlarni muhokama qilishni boshlab yubordik», — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQSH, Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tishi mumkinligini bildirgan edi. Oq uy rahbari har ikki tomon ham kelishuvga erishishni istashiga ishonch bildirgan.