Ukrainadagi davlat va xususiy banklar davlat kafolati ostida qurol ishlab chiqaruvchilarga 500 million dollar kredit berish uchun konsorsium tuzmoqda.
Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.
"Bank sektori Ukraina qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun birlashmoqda. Oltita davlat va xususiy bank konsorsium tuzmoqda va davlat kafolati ostida uch yilga 21,5 milliard granina (taxminan 510 million dollar) kredit ajratish bo‘yicha shartnoma imzolamoqda", deb yozdi u.
Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukraina moliya bozori tarixidagi eng yirik kredit konsorsiumi bitimidir.
Mudofaa vazirligi, Milliy bank va tijorat banklari o‘rtasida "mudofaa sanoatini kreditlashning samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha" kelishuvga erishildi. Bu va shunga o‘xshash qarorlar mudofaa sanoati uchun ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizasiya qilish imkoniyatlarini ochib beradi, dedi Shmigal. Vazir konsorsiumda qaysi tijorat banklari ishtirok etishiga aniqlik kiritmadi.