Uganda parlamenti mamlakat harbiylarini G‘azo sektoriga yuborish to‘g‘risidagi taklifni ma’qulladi. Ugandalik harbiy xizmatchilar Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibiga kirishi mumkin. Kontingent soni va uni joylashtirish muddati hozircha aniqlanmagan.
Mazkur taklifni mamlakat mudofaa vaziri Kiriova Kivanuka kiritgan. Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z vakillari orqali Uganda prezidenti Yoveri Museveniga shu masala yuzasidan murojaat qilgan.
Bu Ugandaning G‘azo sektoridagi xalqaro missiyada ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqlovchi ilk ommaviy bayonot hisoblanadi.