UFC rahbari Dana Uayt AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uy matbuot kotibi lavozimini egallash haqidagi taklifini rad etdi.
Bu haqda CNN telekanali vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
«Vaziyatdan xabardor manbaning ma’lum qilishicha, Uayt ushbu g‘ayrioddiy taklifni rad etgan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Donald Tramp UFC rahbariga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qilganini ma’lum qilgan edi.