Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

The Washington Post: Xitoy AQShning murojaatini Eronga yetkazdi

The Washington Post: Xitoy AQShning murojaatini Eronga yetkazdi

AQSh Eron bilan davom etayotgan harbiy mojaroga barham berish maqsadida Xitoyning diplomatik imkoniyatlaridan foydalanishga urinmoqda. Bu haqda The Washington Post sharhlovchisi Devid Ignatius xabar berdi.

Nashrga ma’lumot bergan amerikalik amaldorning so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vaziri Skott Bessent prezident Donald Trampning roziligi bilan Pekinga murojaat qilgan. U Xitoy rahbariyatidan Tehronga ta’sir o‘tkazib, urushni to‘xtatishga ko‘maklashishni so‘ragan.

Manbaning ta’kidlashicha, Xitoy tomoni Vashingtonning ushbu murojaatini Eron rahbariyatiga yetkazgan.

Xabarda aytilishicha, Tramp sentyabr oyida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvda ham Eron masalasini muhokama qilgan.

Biroq Pekin va Tehron mazkur diplomatik aloqalar haqida hozircha rasmiy tasdiq bermagan. Eron tomonining AQSh taklifiga qanday munosabat bildirgani ham noma’lum.

Kiritildi: 14:36 08.11.2026. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik