Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmasevtika xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmasevtika xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmasevtika xodimlarini kasb bayrami — Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlat rahbari o‘z tabrigida inson salomatligini asrashdek olijanob va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan soha vakillarining fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, ularga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi.

Tabrikda so‘nggi yillarda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar va raqamli tizimlarni joriy etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, davlat tibbiy sug‘urtasi, farmasevtika sanoati, tibbiy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, aholini sifatli va malakali tibbiy yordam bilan qamrab olish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Prezident soha xodimlari zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan ado etib, milliy tibbiyotni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

Davlat rahbari barcha tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Kiritildi: 14:36 08.11.2026. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik