Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ispaniyadagi fojiali o‘lim Ronalduni ham larzaga soldi

Ispaniyadagi fojiali o‘lim Ronalduni ham larzaga soldi

Ispaniya futbolida yuz bergan fojiali voqea Krishtianu Ronalduni ham befarq qoldirmadi. Portugaliyalik yulduz 30 yoshida hayotdan ko‘z yumgan "Tenerife" hujumchisi Xesus de Migelning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

"Bu fojia. So‘z topolmayapman. Oilasiga kuch-quvvat tilayman. Joyi jannatda bo‘lsin", — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

Fojia 2 noyabr kuni Ispaniya ikkinchi divizionidagi "Tenerife" va "Andorra" o‘rtasidagi bahsda sodir bo‘lgan.

Uchrashuv yakuniga yaqin de Migel raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan qattiq to‘qnashgan. Shundan so‘ng futbolchining yuragi to‘xtab, u maydonda hushini yo‘qotgan.

Tibbiyot xodimlari unga shoshilinch yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yetkazgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, futbolchi 3 noyabr kuni vafot etgan.

Xesus de Migel 2025 yil yozidan buyon "Tenerife" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!