Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi MLS tarixida ilk bor qayd etilgan rekordni o‘rnatdi

Messi MLS tarixida ilk bor qayd etilgan rekordni o‘rnatdi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi ketma-ket ikkinchi mavsum MLSning «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritib, musobaqa tarixida rekord o‘rnatdi.

Argentinalik futbolchi muntazam chempionatni 26 ta gol bilan yakunlab, to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinni egalladi. U 22 ta gol urgan «Dallas» hujumchisi Petar Musani ortda qoldirdi.

Shu tariqa, Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsum «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi. U o‘tgan mavsumda 35 ta gol bilan ham to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilgan edi.

Muntazam chempionatning so‘nggi turida «Inter Mayami» «Sharlott» bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Mayamiliklar uchrashuv davomida 3:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Messi ushbu bahsda samarali harakat qayd etmadi.

«Inter Mayami» Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Jamoa ilk bosqichda «Kolambus Kryu»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:55 08.11.2026. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik