Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Britaniya ehtimoliy urush sharoitida elektr va aloqa uzilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Britaniya ehtimoliy urush sharoitida elektr va aloqa uzilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Britaniyada ehtimoliy urush sharoitida mamlakat bo‘ylab elektr, suv va internet ta’minoti uzilishi mumkinligi hisobga olinib, favqulodda reja ishlab chiqilmoqda.

BBC bunday vaziyatda ham xabar tarqatishni davom ettirish uchun uch kun mustaqil ishlay oladigan zaxira radiostudiyasini tayyorlagan. Unda qariyb 100 nafar xodim ishlashi rejalashtirilgan.

Shuningdek, radioaloqani dizel generatorlari orqali 72 soatgacha saqlab turish, jurnalistlarni sun’iy yo‘ldosh telefonlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Hukumat esa bir haftadan ortiq vaqt davomida mobil aloqa va internetni tiklashga yordam beradigan samolyotlar uchun 70 million funt sterling ajratgan.

Avvalroq Britaniya mudofaa vaziri Ues Striting mamlakatni ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyor turishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 18:28 08.11.2026. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik