"Real" Chempionlar ligasida noodatiy rekord o‘rnatdi.
Madridliklar musobaqa umumiy bosqichining 4-turida Gresiyaning AYEK klubini safarda 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 90+2-daqiqasida Federiko Valverde g‘alaba golini kiritdi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, "Real" Chempionlar ligasi tarixida asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi. Manba ta’kidlashicha, "qaymoqranglilar" 90-daqiqadan keyingi gollari sonini 49 taga yetkazgan. Bu statistikada qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gollar hisobga olinmagan.
Ayni paytda "Real" Chempionlar ligasi umumiy bosqichida 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan "PSJ" qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha madridliklardan oldinda bormoqda.