Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil prezidenti yangi hukumatni shakllantirishni kimga topshiradi?

Isroil prezidenti yangi hukumatni shakllantirishni kimga topshiradi?

Isroil prezidenti yangi hukumatni shakllantirishni Netanyahuning raqibi Ayzenkotga topshiradi.

Isroil prezidenti Ishak Gersog mamlakatning yangi hukumatini tuzishni muxolifat yetakchisi Gadi Ayzenkotga topshirmoqchi, deb xabar berdi davlat rahbari devoni.

Prezident rasmiy topshiriqni Ayzenkotga yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da beradi. Shundan so‘ng siyosatchida koalisiya shakllantirish uchun 28 kun vaqt bo‘ladi.

Isroilda 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijasida siyosiy bloklarning hech biri hukumatni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik mandatni qo‘lga kirita olmadi. Netanyahuning o‘ng qanot "Likud" partiyasi hamda uning o‘ta o‘ng qanot va ultra-ortodoksal yahudiy ittifoqchilari 120 o‘rinli Knessetda 53 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ayzenkotning markazchi "Yashar" partiyasi va uning blokidagi yana uchta yahudiy muxolifat partiyasi 48 ta o‘rinni egalladi.

Arab saylovchilari ishtirokining keskin oshishi ortidan arablar yetakchiligidagi ikkita ittifoq – "Birlashgan arab ro‘yxati" va "Birlashgan ro‘yxat" birgalikda 19 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Prezidentning qarori Isroilning yangi bosh vaziri albatta Ayzenkot bo‘lishini anglatmaydi. Ushbu siyosatchi arab partiyalari bilan birlashish niyatida emasligini ma’lum qilgan edi, biroq mamlakat prezidenti bilan muzokaralarda ular Ayzenkotni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Kiritildi: 23:11 08.11.2026. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik