Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Avstraliyalik baliqchi tasodifan 600 ming yevrodan qimmatroq baliq tutib oldi

Avstraliyalik baliqchi tasodifan 600 ming yevrodan qimmatroq baliq tutib oldi

Avstraliyada 26 yoshli Metyu Moris maxsus belgisi (metkasi) bo‘lgan baliqni tutib olib, bir million avstraliya dollarini (atrofida 623 ming yevro) qo‘lga kiritdi. Erkak futbol mashg‘ulotidan so‘ng Darvin shahri yaqinida inisi bilan baliq ovlaytganida, qarmog‘iga 80 santimetrlik barramundi balig‘i ilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu baliq har yili o‘tkaziladigan «Million Dollar Fish» tanlovi ishtirokchisi bo‘lgan. Tashkilotchilar Avstraliyaning Shimoliy hududidagi suv havzalariga pul mukofoti ko‘zda tutilgan maxsus belgili barramundilarni qo‘yib yuboradi.

Bu mavsumda suvga 101 ta mukofotli baliq chiqarilgan: ularning 100 tasi 10 ming avstraliya dollari, faqat bittasi esa 1 millionlik bosh mukofotga ega edi. Moris aynan o‘sha yagona bosh mukofotli baliqni tutib oldi va tanlovning 12 yillik tarixida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan ikkinchi g‘olibga aylandi.

Yutuq haqida baliqchiga Shimoliy hudud hukumati rahbari Liya Finokkyaro shaxsan xabar bergan. Xushxabarni eshitgan erkak ko‘z yoshlarini tutolmay, darhol onasiga qo‘ng‘iroq qildi. U qo‘lga kiritilgan pulni uy sotib olishga, qarzlarini uzishga va shaxsiy ehtiyojlariga sarflashni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!