Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

UYEFA, OFK va KONKAKAF Infantino sabab FIFAga muqobil turnirlar tashkil etishni rejalashtirmoqda

UYEFA, OFK va KONKAKAF Infantino sabab FIFAga muqobil turnirlar tashkil etishni rejalashtirmoqda

UYEFA, Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) hamda Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol konfederasiyasi (KONKAKAF) FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z lavozimini tark etmasa, muqobil xalqaro turnirlar tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Times.

Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu uchta konfederasiya rahbarlari Infantinoning ketgizilishiga erishmoqchi va agar u 2027 yil martida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda to‘rtinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, bir nechta ssenariyni tayyorlab qo‘yishgan. Mumkin bo‘lgan choralar orasida muqobil musobaqalarni yo‘lga qo‘yish, FIFA kengashi yig‘ilishlariga boykot e’lon qilish va tashkilot qarorlarini tasdiqlashdan bosh tortish bor.

Oldinroq Infantino Jahon chempionatining tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish tashabbusi bilan chiqqan, ammo keskin tanqidlar to‘lqinidan so‘ng bu g‘oyadan voz kechgan edi. Loyiha FIFAning asosiy erkaklar va ayollar turnirlarini boshqarishi kerak bo‘lgan FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etishni nazarda tutgan edi. Tashkilotdagilar bu sxema 4,2 milliard dollar atrofida daromad keltirishi mumkinligini ta’kidlashgan, biroq bu tashabbus futbol funksionerlari, milliy federasiyalar va boshqa tashkilotlar tomonidan qarshilikka uchragan.

Infantino 2016 yildan beri FIFAni boshqarib kelmoqda. Tashkilot prezidentining navbatdagi saylovlari 2027 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:23 04.08.2026. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!