O‘zbekistondagi uchta yirik OTMda rektorlar ishdan ketdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov lavozimidan ozod etilgan. Universitet saytida rahbar o‘rni vakant turibdi.
9 noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov o‘z xohishi bilan ishdan ketdi.
11 noyabrda esa Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tish kerak, 9 noyabr kuni Ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov intervyusida «Hali bitta rektorni ham ishdan olmadim», deya besh nafar rektor lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etgan edi.