Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya Ukrainani "qishga tayyorlamoqda"

Rossiya Ukrainani "qishga tayyorlamoqda"

Kecha tunda Rossiya Federasiyasi Bryansk va Rostov viloyatlaridan uchirilgan 24 ta ballistik raketa bilan Ukrainaga zarba berdi. Ehtimoliy nishonlar qatoriga Kiyev shahri hamda Ukrainaning sharqiy va janubi-sharqiy hududlaridagi ko‘priklar kiradi.

Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina qish mavsumiga tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqan. Bu reja energetika infratuzilmasi va ko‘priklarni mustahkamlash, dizel yoqilg‘isi zaxiralarini ta’minlash hamda elektr energiyasi uzilib qolgan taqdirda aholiga yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

Shungingdek, Rossiya Krivoy Rogdagi energetika infratuzilmasini vayron qilmoqda; shaharda bir kunda 20 dan ortiq portlash sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda, shuningdek, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Rossiyaliklar muhim infratuzilma ob’ektlariga zarba berish orqali Krivoy Rog shahrini butunlay yaroqsiz holga kelitirishga urinmoqdalar.

Kiyevda ham axvol og‘irligicha qolmoqda. Rossiya Kiyev va uning atrofiga yirik raketa-dron hujumini amalga oshirdi. Reuters xabar berishicha, 36 ta ballistik raketa uchirilgan, ulardan faqat to‘rttasi urib tushirilgani haqida Zelenskiy ma’lum qilgan. Shimoliy ko‘prik yana zarar ko‘rgan. Energetika ob’ektlariga ham jiddiy shikast yetgan, natijada Kiyevda elektr, issiqlik va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuchaygan.

Kiritildi: 21:21 12.11.2026. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik