Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Mers Yevropa Ittifoqiga tahdid qildi

Mers Yevropa Ittifoqiga tahdid qildi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, agar barcha a’zo davlatlar 2027-yil va undan keyingi yillarda Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishga rozi bo‘lmasalar, Yevropa Ittifoqining 2028–2034-yillarga mo‘ljallangan byudjetini bloklash bilan tahdid qildi.

Financial Times nashrining xabar berishicha, kelgusi yilda Kiyevga 70 milliard yevro kerak bo‘ladi, Yevropa Ittifoqi esa taxminan 45 milliard yevro ajratishga va’da bergan. Nashrning qayd etishicha, Vengriya, Slovakiya, Bolgariya va Chexiya qo‘shimcha mablag‘ ajratishga qarshi chiqmoqda.

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso Germaniya kanslerining, agar Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar Ukrainani moliyalashtirishga hissa qo‘shishga rozi bo‘lmasalar, Yevropa Ittifoqi byudjetini bloklash haqidagi tahdidini «shantaj» deb atadi.

Kiritildi: 21:41 12.11.2026. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik