Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Evropada Rossiyaga qarshi urushga tayyorlamoqda

Evropada Rossiyaga qarshi urushga tayyorlamoqda

NATO o‘z harbiylarini yagona ssenariyga — Yevropada Rossiyaga qarshi urushga tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda Politico

Politico nashrining alyansdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, NATOga a’zo davlatlar so‘nggi yigirma yil ichidagi eng keng ko‘lamli harbiy rejalashtirish islohotini boshlab yubordilar. Yangi tizimga ko‘ra, NATOning asosiy e’tibori Yevropada Rossiya tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tajovuzni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiyib turish va qaytarishga qaratiladi.

Alyans avvalgi konsepsiyasidan voz kechmoqda; o‘sha konsepsiya dunyoning boshqa mintaqalaridagi mahalliy inqirozlarni hal etish missiyalari uchun kuchlarni bir vaqtning o‘zida joylashtirishni nazarda tutar edi. Endilikda esa barcha harbiy resurslar, texnik vositalar va rejalashtirish ishlari Yevropa qit’asini himoya qilishga safarbar etiladi.

Kiritildi: 22:12 12.11.2026. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik