Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

To‘rtko‘lda 2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi aniqlandi

To‘rtko‘lda 2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida To‘rtko‘l tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida kuzatuvga olingan fuqaro giyohvandlik vositalarini boshqa shaxsga topshirayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruvlar davomida avtomobil, yashash xonadoni va yana bir shaxs yonidan jami 2 kilogramm 180 gramm marixuana aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:55 26.10.2026. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!