Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Falastinliklar G‘azodan Yevropaga ko‘chiriladimi?

Falastinliklar G‘azodan Yevropaga ko‘chiriladimi?

Isroillik vazir falastinliklarni G‘azodan Yevropaga ko‘chirish rejasini qo‘llab-quvvatladi.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir butun G‘azo sektorini egallab olish va u yerda yashovchi falastinliklarni chiqarib yuborishga chaqirdi. Jerusalem Post nashriga bergan intervyusida u Donald Trampning anklav aholisini ko‘chirish g‘oyasini ma’qullab, Yevropa mamlakatlari, jumladan Fransiya va Buyuk Britaniyani ularni qabul qiluvchi asosiy yo‘nalishlar sifatida tilga oldi.

Ben-Gvirning ta’kidlashicha, G‘azoni tark etishni xohlovchi falastinliklarga xorijda yaxshi yashash sharoitlari ta’minlanishi lozim. Shu bilan birga, u G‘azoni o‘z vatani deb biladigan va ketishni istamaydiganlarning ushbu hudud bilan bog‘liqligini inkor etib, XAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumini eslatib o‘tdi.

Avvalroq vazir sun’iy intellekt yordamida yaratilgan va unda G‘azo aholisining Parijga ko‘chib o‘tayotgani aks etgan videolarni e’lon qilgan edi. U, shuningdek, anklavni bombardimon qilish va nishonli qotilliklarni amalga oshirish tarafdori sifatida bir necha bor chiqish qilgan.

Ben-Gvir Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning hukmron koalisiyasiga kiruvchi ultrao‘ng «Osma Yexudit» partiyasiga rahbarlik qiladi. 27 oktyabrdagi parlament saylovlari oldidan u keyingi hukumatda mudofaa vaziri lavozimini egallashga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 21:10 26.10.2026. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!