O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 22 iyul kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev tumandagi yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladilar, savollariga batafsil javob berdilar.