Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Likud asoschisining o‘g‘li Netanyahuni barcha isroilliklar uchun xavf deb atadi

Likud asoschisining o‘g‘li Netanyahuni barcha isroilliklar uchun xavf deb atadi

Isroildagi «Likud» partiyasi asoschisi Menaxem Beginning o‘g‘li Benni Begin partiya tarafdorlarini Binyamin Netanyahu hukumatini hokimiyatdan chetlatishga chaqirdi. Uning fikricha, amaldagi bosh vazir barcha isroilliklar uchun xavf tug‘dirmoqda.

«Tasnim» agentligi xabar berishicha, Isroil parlamentining sobiq a’zosi Benni Begin videomurojaat orqali «Likud» tarafdorlarini Netanyahu hukumatiga qarshi bo‘lgan siyosiy kuchlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

U murojaatida Netanyahu boshchiligidagi hukumat avvallari mamlakat manfaatlari yo‘lida ishlaganini ta’kidlagan. Benni Beginning aytishicha, o‘n-o‘n besh yil avval u Netanyahu rahbarlik qilgan hukumat tarkibida bo‘lgan va o‘sha davrda samarali muzokaralar olib borilgan, kelishmovchiliklar esa do‘stona muhitda hal etilgan.

Benni Begin — Isroilning sobiq bosh vaziri va «Likud» partiyasi asoschisi Menaxem Beginning o‘g‘li. Uning Netanyahu hukumatiga qarshi chaqiriqlari mamlakatdagi siyosiy keskinlik kuchaygan bir paytda yangradi.

Kiritildi: 19:07 26.10.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!