Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Putin bizning jangovar qudratimizni biladi»: Germaniya maxsus kuchlari Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

«Putin bizning jangovar qudratimizni biladi»: Germaniya maxsus kuchlari Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Germaniyaning Maxsus operasiyalar qo‘mondonligi (KSK) Moskva bilan ehtimoliy harbiy to‘qnashuvni hisobga olgan holda tayyorgarlik tizimini qayta ko‘rib chiqmoqda. «Biz juda aniq ravishda Rossiya timsolidagi raqibga mo‘ljal olmoqdamiz», — dedi BILD nashriga bergan intervyusida KSK qo‘mondoni Andreas Kyune. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari operasiyalar taxminan uch kunga rejalashtirilgan bo‘lsa, endi jangchilar dala sharoitida ancha uzoqroq qolishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, maxsus kuchlar jangchilari tank, artilleriya, dronlar va radioelektron kurash vositalariga ega bo‘lgan raqibga qarshi kurashishni qaytadan mashq qilmoqda. Juda sovuq havo sharoitidagi harakatlar ham puxta ishlab chiqilmoqda: KSK sharqiy qanot uchun xos bo‘lgan iqlim sharoitlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bo‘linma Shtutgart yaqinidagi Kalv shahrida joylashgan Seppelin kazarmalarida bazalanadi. KSK’da 1500 ga yaqin xodim xizmat qiladi. Ammo ularning faqat uchdan bir qismi maxsus topshiriqli jangchilardir, qolganlari esa ma’muriy xodimlardan iborat. Tanlov o‘ta shafqatsiz: nomzodlarning bor-yo‘g‘i 15 foizga yaqini saralashdan o‘ta oladi.

Shu bilan birga, atigi bir necha yil avval ushbu eng elita bo‘linmasining kelajagi qil ustida turgan edi. Ultrao‘ng doiralar bilan bog‘liq janjallar, xayrlashuv kechasidagi nasistcha salomlashish va cho‘chqa kallalari, o‘q-dorilarning yo‘qolishi hamda KSK askaridan qurol va portlovchi moddalar ombori topilishi bo‘linmani larzaga keltirgan edi. 2020 yilda maxsus kuchlarning rotalaridan biri tarqatib yuborilgan edi.

Kiritildi: 20:45 26.10.2026. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!