Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyalik deputatlarning bank hisoblarida 500 mln dollardan ortiq mablag‘ mavjud

Rossiyalik deputatlarning bank hisoblarida 500 mln dollardan ortiq mablag‘ mavjud


Xabar berilishicha, Rossiya Davlat Dumasining 450 nafar deputati bank hisob raqamlarida 44,4 milliard rubl (550 mln dollar) saqlanmoqda. Bu Rossiyaning oltita hududi yillik byudjetidan ko‘proq. Deklarasiyalar asosidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu mablag‘ Rossiya tarkibidagi Oltoy Respublikasi, Qorachoy-Cherkasiya, Ingushetiya, Qalmog‘iston, Yahudiy avtonom viloyati va Nenes avtonom okrugining yillik byudjetlaridan ko‘proq hisoblanadi.

Deputatlarning umumiy daromadlari miqdori 24,9 milliard rublni (308 mln dollar) tashkil etdi va bu Vologda, Ryazan, Astraxan, Kursk hamda Cherepoves hududlarining yillik byudjetlaridan ham ko‘proqdir.

Kiritildi: 20:15 26.10.2026. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!