Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Turonbank" ATBga kelib tushgan barcha turdagi murojaatlar «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan

"Turonbank" ATBga kelib tushgan barcha turdagi murojaatlar «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan

"Turonbank" ATBga kelib tushgan barcha turdagi murojaatlar «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda bank axborot xizmati rahbari Nodirbek Muqimov ma’lum qildi.

O‘tgan yilda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 715 ta murojaat kelib tushgan.

✅ Murojaatlarning 550 tasi (76,9%) — elektron, 115 tasi (16,1%) — yozma hamda 50 tasi (7,0%) — og‘zaki shaklda moliya muassasasiga yuborilgan.

✅ Kelib tushgan murojaatlar asosan bankning bevosita faoliyati, xususan, kredit ajratish jarayonlari va ko‘rsatilayotgan boshqa xizmatlar yuzasidan ma’lumot olish maqsadida yuborilgan.

✅ Ularning 484 tasi ya’ni 67,7 foizi ijobiy yechim topgan hamda qanoatlantirilgan. Qolganlari bo‘yicha esa me’yoriy hujjatlar asosida tushuntirishlar berildi.

✅ 1220 qisqa raqami ostidagi aloqa markazi o‘tgan 2023 yilda jami 19 ming 755 ta qo‘ng‘iroqlarni, telegram bot va onlayn chat orqali 10 mingdan ortiq murojaatni qabul qildi.

Kiritildi: 15:02 22.02.2024. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!