Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, shuningdek, Buyuk Britaniya va Polsha bosh vazirlari - Kir Starmer va Donald Tuskning Kiyevga tashrifiga izoh berdi.
U o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozganidek, yetakchilar yana bir bor Rossiyaga tahdid qilishdi.
"Makron, Mers, Starmer va Tusk Kiyevda tinchlikni muhokama qilishlari kerak edi. Buning o‘rniga ular Rossiyaga tahdid qilmoqda," - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Medvedev Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari tomonidan taklif etilayotgan "tinchlik" tashabbuslari haqida keskin fikr bildirdi.
- Sizningcha, bu aqlli ish, to‘g‘rimi? Bu tinchlik rejalarini bir joyingizga tiqib qo‘ying!" - deya qo‘shimcha qildi u.