Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubin bilan suhbatda Rossiya tomoni sanksiyalarga tayyorligini aytdi.
Zarubin o‘zining Telegram-kanalida tegishli suhbatni e’lon qildi.
"Biz sanksiyalarga o‘rganib qolganmiz. Biz hatto ushbu sanksiyalar e’lon qilinganidan keyin nima qilishimiz, ularning oqibatlarini qanday minimallashtirishimiz va boshqalarni tasavvur qila boshladik. Biz bunga o‘rganganmiz. Bu sanksiyalar bilan bizni qo‘rqitish - quruq gap," - dedi Kreml vakili.