Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Netanyaxu bilan aloqalarni uzdi

 Tramp Netanyaxu bilan aloqalarni uzdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bevosita aloqani uzdi. Bu haqda Isroil armiyasi radiosi jurnalisti Yaner Kozin Tramp atrofidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika yetakchisining eng yaqin maslahatchilari Isroil strategik ishlar vaziri Ron Dermerga Tramp o‘zini Netanyaxu tomonidan “manipulyasiya obekti” deb bilishini aytganidan so‘ng shunday qaror qabul qilingan. Isroillik amaldorlardan biri qo‘shimcha qilishicha, Dermerning yuqori martabali respublikachilar bilan so‘nggi uchrashuvlaridagi ohangi “takabburlik” va teskari natija sifatida qabul qilingan.

"Tramp ahmoq yoki qo‘g‘irchoqdek ko‘rinishdan ko‘ra qo‘rqadigan hech narsa yo‘q. Shuning uchun u Netanyaxu bilan aloqani uzishga qaror qildi", - deya iqtibos keltiradi manba.

❕ Bundan tashqari, Vashington va Tel-Aviv o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga Isroilning Eron, Yamandagi hutiylar va G‘azo sektori bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha aniq rejasi yo‘qligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Kiritildi: 12:54 10.05.2025. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!