"Vazir o‘rinbosari Sergey Kislitsa ta’kidlaganidek, Rossiya tajovuzi, ukrainaliklarning ommaviy qirg‘ini, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar sharoitida Ukraina tajovuzkor davlat paradida xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari ishtirokini do‘stona bo‘lmagan qadam sifatida baholaydi", deya vazirlik bayonotida aytilgan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi paradda yuqori martabali amaldorlarning ishtiroki Ikkinchi jahon urushi qurbonlari va qahramonlari xotirasiga "hurmatsizlik" hamda "Evropadagi hozirgi tajovuzni, Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlash" ekanligini ta’kidladi.