Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga tashrif buyurmoqda.
Bu haqda DPA agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, siyosatchilar Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan birgalikda 10-may kuni Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Ular Ukrainani kelgusida qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Qo‘shma bayonotda ular AQSh prezidenti Donald Trampning 30 kunlik to‘liq va sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladilar. Ularning fikricha, bu adolatli va mustahkam tinchlik bo‘yicha munozaralar uchun maydon yaratishi kerak.