Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen In: “Biz qatnashdik – va bu qahramonlik edi”

Kim Chen In: “Biz qatnashdik – va bu qahramonlik edi”

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushda o‘z harbiylarining ishtirokini asosli deb hisoblamoqda.

"Bizning mojarodagi ishtirokimiz adolatli bo‘ldi, bu mamlakatimizning suveren huquqlari doirasida," - deya Reuters Koreya davlat agentligi KCNA tarqatgan bayonotdan iqtibos keltiradi. - Kursk operasiyasida qatnashgan barcha jasur jangchilarni men qahramonlar, millatimiz sha’nining eng munosib vakillari deb bilaman."

Moskva va Pxenyan uzoq vaqt davomida Shimoliy Koreya harbiylarining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi ishtirokini rad etib keldi. KXDR va Rossiya harbiy yordamni nazarda tutuvchi harbiy shartnoma bilan bog‘langan.

2025 yil 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda prezident Vladimir Putin KXDR armiyasining bir guruh yuqori martabali harbiylari bilan uchrashib, ularning har birini bag‘riga bosdi.

Kiritildi: 10:56 10.05.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!