Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordi, deb aytilgan xabarga raddiya berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari o‘zini yoqib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Masrur Badalov video murojaat bilan chiqdi.
"Yakkabog‘ tumani hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Masrur Badalov tomonidan o‘zini yoqish yoki shunga o‘xshash holat tumanda sodir etilmagan.
Barcha rasmiy ma’lumotlar faqat tegishli davlat organlari orqali e’lon qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz va tekshirilmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz", deyiladi Yakkabog‘ tumani hokimligining raddiyasida.