Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiyada o‘zbekistonlik kelin 5 mln liralik tilla bilan yo‘qoldimi?

Turkiyada o‘zbekistonlik kelin 5 mln liralik tilla bilan yo‘qoldimi?

Turkiyaning Mugla viloyati Milas tumanida dabdabali to‘ydan so‘ng g‘ayrioddiy mojaro kelib chiqdi. Uch kecha-yu uch kun davom etgan to‘ydan keyin kelin taqqan qiymati 4–5 million liraga baholanayotgan tilla va taqinchoqlar yo‘qolgani aytilmoqda.

Kuyovning yaqinlari kelin hamda tillalar yo‘qligini payqagach, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Tergov doirasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan kelin ushlangan, ammo u o‘zini aybdor deb hisoblamasligini bildirgan.

Kelinning ta’kidlashicha, u onasining uyiga ketgan va o‘zi bilan faqat 20 dona chorak tilla hamda 226 ming lira olib borgan. Uning yashash joyida tintuv o‘tkazilganiga qaramay, yo‘qolgani aytilgan boshqa qimmatbaho buyumlar topilmagan.

Hozircha qiymati 4–5 million lira deb baholanayotgan tilla va taqinchoqlarning qayerdaligi noma’lum. Holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 1801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!