Madridning «Real» klubi hujumchisi Yan Diomande jamoaning o‘tmishdagi afsonalaridan birini qaytarish imkoniyati bo‘lsa, kimni tanlashini ma’lum qildi.
19 yoshli ivuarlik futbolchi hech ikkilanmay Krishtianu Ronaldu nomini tilga oldi.
«Agar «Real»ga bitta afsonani qaytarish imkoni bo‘lsa, albatta Ronalduni tanlardim. U mening kumirim. Hech qanday shubhasiz, yuz foiz uni qaytargan bo‘lardim», — dedi Diomande.
Yosh vinger avvalgi intervyularida ham portugaliyalik yulduzning g‘alabaga intilishi va kuchli xarakteri unga bolaligidan ilhom berganini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009–2018 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan.